background

⚡️ Taxiatosh tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Admin 08-Sentabr-2025

⚡️ Taxiatosh tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Mamlakatimizda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlar har bir hududda o‘z samaralarini bermoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan, ayniqsa, olis va strategik jihatdan muhim yo‘nalishlarda zamonaviy, xavfsiz va qulay yo‘llar barpo etilmoqda.

D154 “A380 avtomobil yo‘lidan (775-km) — Taxiatosh shahri” avtomobil yo‘lining 1–4-kilometr oralig‘ida 2 kilometr 535 metr qismiga qora qoplamali asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‘l Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy markazlaridan biri — Taxiatosh shahri bilan asosiy magistralni bog‘lab turuvchi muhim transport yo‘nalishidir.

Hozirda ta’mirlash ishlari Taxiatosh tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan olib borilmoqda. Jarayonga 7 ta maxsus texnika va 13 nafar malakali ishchi-xodim jalb etilgan.

Ushbu yo‘l nafaqat aholi uchun qulaylik yaratadi, balki yirik sanoat korxonalari faoliyati hamda eksport-import jarayonlarining uzluksizligini ta’minlovchi muhim yo‘nalish hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, avtomobil yo‘lining ushbu qismini ta’mirlash ishlari “Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan edi.

Skip to content