Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida avtomobil Yo‘llari sohasida Muassisning yagona texnik siyosatini olib borish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqish va Muassisga kiritish hamda tasdiqlangan davlat dasturlarini amalga oshirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash yuzasidan Muassisga takliflar kiritish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tadigan avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Muassisga kiritish;
Zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo‘llaridan foydalanish masalalarini kompleks hal etilishini ta’minlash;
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, joriy ta’mirlash, tabiiy ofat oqibatlarini oldini olish va bartaraf etish hamda jihozlash (texnika, mashina-mexanizmlar, texnologik uskunalarni xarid qilish) ishlari bo‘yicha buyurtmachilik vazifasini amalga oshirish hamda sifati ustidan nazoratni olib borish;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini muvofiqlashtirish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish.
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini ta’minlash;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlashda uchastkalarda harakat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklash yoki to‘xtatishni joriy etish bo‘yicha tegishli takliflar kiritish;
Bosh boshqarma tarkibidagi korxona va tashkilotlardagi safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha ular faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat kadastrini yuritish;
avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarining hisobini yuritish;
avtomobil yo‘llarining texnik holatiga qarab avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish bo‘yicha Muassisga takliflar kiritish va tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish;