background

⚡️RASMIY MUNOSABAT

Admin 20-Avgust-2025

⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatga (https://t.me/Kusherbayevga_murojaat/3941) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumani Z.M. Bobur mahallasida yaqinda asfalt qilingan yo‘lni ortiqcha yuk ortgan yuk mashinalari buzayotgani, ayrim haydovchilar tarozidan chetlab o‘tib, mahalla ko‘chalari orqali harakatlanayotgani haqida murojaat e’lon qilindi.

Mazkur murojaat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Amudaryo tumanining D217A “Jumurtav koni orqali Amudaryoga” avtomobil yo‘lining 6-kilometrida statsionar tarozi punkti hamda D217 (4R160) «Urganch–Gurlan–Mang‘it–Turkmaniston Respublikasi chegarasi» avtomobil yo‘lining 61–62-kilometrida mobil tarozilar o‘rnatilgan.

Hozirda ushbu tarozi punktlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamkorligida ortiqcha yuk tashuvchi transport vositalarining me’yoriy yuklash ko‘rsatkichlariga rioya qilinishini ta’minlash bo‘yicha reyd tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda va ushbu reyd tadbirlari davom ettirilishini ma’lum qilamiz.

Skip to content