Muhtaram Prezidentimizning topshirig‘iga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Zarbdor» tajribasi asosida shakllantirilgan «Drayver» loyihalarini amalga oshirish dasturi qabul qilingan edi.
Mazkur dastur doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi Prezidiumining 2025-yil 5-martdagi 139-sonli qaroriga asosan, To‘rtko‘l tumani hududidagi 95V139 “To‘rtko‘l sh. – ‘Ko‘na To‘rtko‘l’ OFY” avtomobil yo‘lining hozirgi Nukus ko‘chasidan o‘tuvchi 1 kilometr 300 metr qismida yangidan asfalt yotqizish ishlari olib borildi.
Yo‘l ta’mirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasiga asosan “Beruniy qurilish ta’mir va butlash” MChJ tomonidan amalga oshirildi.
Mazkur yo‘lning yangidan asfaltlanishi natijasida transport qatnovi yanada jadallashib, harakat xavfsizligi hamda aholining kunlik qatnovi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.