background

⚡️«Yashil belbog‘» larni tashkil etish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda

Admin 01-Aprel-2025

⚡️«Yashil belbog‘» larni tashkil etish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda

Atrof-muhitni avaylash, avtomobil yo‘llari bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2025-yilda 373 km uzunlikdagi umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llariga 672 ming 980 tub manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Shundan, bahor mavsumida 172 km uzunlikdagi umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llariga 324 ming 800 tub ko‘chat ekilishi belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda bahorgi ekish ishlari boshlab yuborilgan. Qo‘ng‘irot Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan A380 «G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu» avtomobil yo‘lining 881—882-km qismiga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi xayrli ishlar olib borilmoqda.

🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Skip to content