background

⚡️Taxiatosh tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Admin 21-Iyun-2025

⚡️Taxiatosh tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Nukus shahri hududidan o‘tuvchi 95V025 «Nukus shahri – D232 avtomobil yo‘li (4 km) – Taxiatosh suv taqsimlagichi» avtomobil yo‘lining 3—5-kilometr oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ta’mirlash ishlari Qaratov Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilib, ta’mirlash ishlariga jami 6 ta maxsus texnika va 12 nafar ishchilar jalb qilingan.

Bunday amaliy ishlar yo‘l harakati ishtirokchilariga qulaylik yaratish, transport qatnovini xavfsiz va uzluksiz ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun avval bu yo‘lning 5—7-km oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilgan edi.