Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi davlat muassasasi tomonidan joriy yil davomida Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tizimli va kompleks ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarida 690 kilometr yotiq yo‘l chiziqlari yangidan chizildi, 2 ming 379 ta yo‘l belgilari yangilandi, 17 ta qavariq piyodalar o‘tish o‘rinlari tashkil qilindi, maktab, bog‘cha va ijtimoiy obyektlar yaqinida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha piyodalar yo‘lagi yangilandi.
Yuqorida qayd etilgan ishlar yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida avtomobil yo‘llarining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash va inson hayotini asrashga qaratilgan bu kabi tizimli sa’y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.