So‘nggi yillarda yo‘l-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, fuqarolar uchun xavfsiz va qulay yo‘llarni yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va yangilash ishlari barcha hududlarda tizimli ravishda olib borilmoqda.
Shu doirada, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan D235 (4R177) “Qonliko‘l” temir yo‘l stansiyasi – Shumanay shahri – Qoraboyli temir yo‘l stansiyasi» avtomobil yo‘lining 13–14-kilometr oralig‘ida yo‘l qoplamasida yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida yangidan asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi.
Qurilish-ta’mirlash ishlari Shumanay TYFDM tomonidan bajarilmoqda. Mazkur ishlar yo‘l qatnovi xavfsizligini ta’minlash, transport oqimini yengillashtirish hamda aholining kundalik hayotini yanada qulaylashtirishga xizmat qiladi.