background

⚡️Ellikqala tumanida 5 kmga yaqin yo‘l yangidan asfaltlandi

Admin 03-Iyun-2025

⚡️Ellikqala tumanida 5 kmga yaqin yo‘l yangidan asfaltlandi

Tashabbusli budjet dasturining 2025-yil 1-mavsumi doirasida g‘olib deb topilgan loyiha asosida Ellikqal’a tumanida aholi uchun muhim bo‘lgan yo‘llar yangidan asfaltlandi.

Xususan, Qiriqqizobod OFYda joylashgan «Usmon Nosir» ko‘chasining 2 km 530 metr qismi, Kichik Guldursin MFY hududidagi «Navoiy», «Mustaqillik» va «Kichik Guldursin» ko‘chalari bo‘ylab jami 2 km 342 metr qismi asfalt qoplamasi bilan yangilandi.

Ushbu ishlar hududdagi yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, aholining harakatlanishida qulaylik yaratish, ayniqsa bolalar, keksalar va transport vositalari harakatlanishini xavfsiz qilishga xizmat qilmoqda. Tashabbusli budjet doirasida fuqarolarning bevosita ishtirokida tanlab olingan loyihalar nafaqat joylardagi muammolarni hal etmoqda, balki mahalliy boshqaruvda ochiqlik va fuqarolik faolligini kuchaytirmoqda.