background

⚡️Ichki yo‘llar – taraqqiyot mezoni: Nukusdagi o‘zgarishlar Prezident e’tiborining ifodasi

Admin 15-May-2025

⚡️Ichki yo‘llar – taraqqiyot mezoni: Nukusdagi o‘zgarishlar Prezident e’tiborining ifodasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar – xususan, yo‘l infratuzilmasining zamonaviylashtirilishi Hurmatli Prezidentimizning ushbu hududga qaratayotgan alohida e’tiborining amaliy ifodasidir. Mamlakat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan qarorlar nafaqat yirik shaharlar, balki har bir mahallaning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

2024-yil 11-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror mamlakat miqyosida yo‘l infratuzilmasini zamonaviylashtirish, fuqarolarning harakatlanish imkoniyatlarini yaxshilash, xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning muhim omillaridan biri sifatida qabul qilindi. Qaror ijrosini ta’minlash borasida turli hududlarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Nukus shahridagi “Bayterek” MFY hududida joylashgan M. Daribaev ko‘chasining 500 metr uzunlikda 6 metr kenglikda yangidan asfaltlandi. Ushbu infratuzilma loyihasi qaror ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilib, mahalla aholisi uchun katta qulayliklar yaratdi. Ichki yo‘llarning zamonaviy ko‘rinishga keltirilishi — bu oddiy qurilish emas, balki xalq farovonligi yo‘lida tashlangan muhim qadamdir. Hukumat qarorlarining amaliy natijalari joylarda shunday ko‘rinishda o‘z aksini topayotgani esa islohotlarning samarali olib borilayotganidan dalolat beradi. Kelgusida Nukus shahri va boshqa hududlarda bunday infratuzilma loyihalari izchil davom etishi kutilmoqda.

🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati

 

 

Skip to content