Hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida e’tibori tufayli, Respublikamizda aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri sifatida, ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘lib, bu bo‘yicha hududlarda keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qarori asosida, joriy yilda Beruniy tumani hududida 25,0 km ichki yo‘llarni qum-shag‘al aralashmasi yordamida ta’mirlash rejalashtirilgan. Ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlanib, joylarda qurilish-ta’mirlash jarayonlari boshlab yuborilgan.
Bugungi kunda ushbu rejaning katta qismi amalga oshirilgan bo‘lib, 15,3 km yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasi (SHPS) yotqizildi. Bu ishlar aholiga qulaylik yaratish, yo‘l harakatini xavfsiz qilish hamda transport qatnovini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Ayni vaqtda Beruniy tumanidagi 10 ta mahallada ichki ko‘chalarni tekislash ishlari davom etmoqda. Ta’mirlanayotgan yo‘llar nafaqat muammolarni bartaraf etmoqda, balki aholining kayfiyati va turmush darajasini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati