Bugun Respublika Ishchi guruhi tomonidan fuqarolarning murojaatlari va aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida Ellikqal’a tumanida sayyor qabul o‘tkazilmoqda. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Umrbek Matnazarov fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib chiqmoqda.
Sayyor qabulda soha bo‘yicha aholini qiynab kelayotgan muammolar mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqilmoqda.
Ularning asosiy qismi shu joyda o‘z yechimini topayotgan bo‘lsa, muddat talab etuvchi murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.
🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati