
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-fevraldagi PQ-70-sonli qaroriga muvofiq, Bo‘zatov tumanini Qo‘ng‘irot tumani bilan bog‘lovchi 95V121 (4n83) “Bo‘zatov tumani markazi – Porlitov qishlog‘i” avtomobil yo‘lining 0-24-kilometr qismida ta’mirlash ishlari belgilangan.
Mazkur yo‘lning ta’mirlanishi hudud transport infratuzilmasini yaxshilash, aholi va transport vositalarining harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu bunyodkorlik ishlari ko‘p yillardan buyon yo‘l ta’mirlanishini kutib kelayotgan hudud aholisi uchun muhim yangilik bo‘lmoqda. Yo‘lning ta’mirlanishi fuqarolarning orzu va umidlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi amaliy qadamlardan biridir.