background

⚡️Bo‘zatovda yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Admin 24-Avgust-2026

⚡️Bo‘zatovda yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son “Hududlarni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Bo‘zatov tumanida yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, Bo‘zatov tumani “Ko‘k suv” OFY hududidagi 95V123 “Bo‘zatov–Shaxaman” avtomobil yo‘lining 2–15-kilometrlari oralig‘idagi 13 kilometr qismida asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘lning ta’mirlanishi natijasida hudud aholisi va transport vositalari uchun yanada qulay va sifatli qatnov sharoiti yaratiladi. Shuningdek, yo‘l infratuzilmasining yaxshilanishi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ham xizmat qiladi.

Skip to content