
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasalari direktorlari hamda boshqarma xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh boshqarma boshlig‘i U. Matnazarov ishtirok etib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud masalalar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Yig‘ilishda mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligini munosib va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash, bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda jamoalarda bayram kayfiyatini ko‘tarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llari yaqinida joylashgan maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshqa ta’lim muassasalari oldidagi piyodalar o‘tish joylarini yangilash, yo‘l chiziqlarini qayta tiklash, yo‘l belgilari hamda boshqa yo‘l elementlarini tartibga keltirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Mas’ullarga belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ayniqsa, ta’lim muassasalari atrofida piyodalar va yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish topshirildi.
Boshqarma boshlig‘i yig‘ilish yakunida jamoa a’zolari yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etilib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, farovonlik va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.