
Bo‘zatov tumani “Erkindaryo” OFY hududida “Tashabbusli byudjet”ning 2026-yilgi birinchi mavsumi doirasida fuqarolar tashabbusi bilan ilgari surilgan muhim loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. “Serquyosh” ko‘chasi hamda “Barkamol avlod” ko‘chasiga olib boruvchi yo‘lni asfaltlash loyihasi eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan edi.
Aholining faol ishtiroki va birdamligi natijasida mazkur loyiha bugun o‘z samarasini bermoqda. Qurilish ishlari belgilangan muddatlarda sifatli tashkil etilib, ko‘chalarga zamonaviy asfalt qoplamasini yotqizish ishlari to‘liq yakunlandi.
Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari natijasida yo‘llarning sifati sezilarli darajada yaxshilandi. Endilikda transport vositalari harakati yanada qulaylashib, piyodalar uchun ham xavfsiz va qulay sharoit yaratildi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasi aholining fikri va tashabbusi amalda o‘z aksini topayotganini yana bir bor namoyon etmoqda. Bunday loyihalar hududlar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish hamda fuqarolarning jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.