background

⚡️RASMIY MUNOSABAT

Admin 08-Avgust-2026

⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarning birida Nukus shahri hududidagi D234 (4R176A) “Nukus temir yo‘l vokzaliga” (A. Dosnazarov ko‘chasi) avtomobil yo‘lining 8–9-km oralig‘ida, svetofor oldida yo‘l qoplamasida paydo bo‘lgan nuqsonlar bo‘yicha murojaat tarqalgan edi.

Mazkur holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, aniqlangan yo‘l qoplamasidagi nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida ushbu hududda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilandi.

Hozirgi vaqtda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur tashkiliy va texnik choralar ko‘rilmoqda. Ta’mirlash ishlari belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda avtomobil yo‘llarining foydalanish holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Ta’mirlash ishlarining borishi va yakuniy natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasining rasmiy sahifalarida (https://t.me/qaraqalpaq_avtojol) kuzatib borishingiz mumkin.

Skip to content