background

⚡️Nukus tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Admin 03-Avgust-2026

⚡️Nukus tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son “Hududlarni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”**gi qarori ijrosi doirasida Nukus tumanida avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, Nukus tumanidagi 95V089 “95V149 avtomobil yo‘li (8-km) — Qranov ovuli — Akterek OFY” avtomobil yo‘lining 2–3-kilometr oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur loyiha transport qatnovi xavfsizligi va qulayligini oshirish, shuningdek, hudud aholisining zamonaviy va sifatli yo‘l infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Skip to content