background

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘ining yuk avtomobili haydovchilariga murojaati

Admin 17-Iyul-2026

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘ining yuk avtomobili haydovchilariga murojaati

Hurmatli yuk avtomobili haydovchilari!

So’nggi kunlarda respublikamiz hududida anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Yuqori harorat ta’sirida avtomobil yo’llari qoplamasining texnik holatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Shu munosabat bilan Sizlardan yo’llarni asrash, ularning xizmat muddatini uzaytirish hamda barchamiz foydalanayotgan yo’l infratuzilmasini ehtiyot qilish maqsadida imkon qadar soat 09:00 dan 19:00 gacha og’ir yuk avtomobillarida harakatlanmaslikni iltimos qilamiz.

Aziz haydovchilar, yo’llar — barchamizning umumiy mulkimiz. Ularni asrab-avaylash, kelajak avlodlarga sifatli holatda yetkazish barchamizning fuqarolik burchimizdir.

Sizlarning hamjihatligingiz, mas’uliyatingiz va tushunishingiz yo’llarimizni saqlashga munosib hissa bo’ladi.

Hurmat bilan,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Avtomobil yo’llari Bosh boshqarmasi boshlig’i
U. Matnazarov

Skip to content