background

⚡️Yo‘l bo‘limi boshliqlari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda

Admin 15-Iyul-2026

⚡️Yo‘l bo‘limi boshliqlari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2026-yil 22-maydagi 29-son «Yo‘l bo‘limlari faoliyatini tashkil etish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tizimidagi tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasalarining yo‘l bo‘limi boshliqlari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.

Attestatsiyaning birinchi bosqichida yo‘l bo‘limi boshliqlari kasbiy bilim va ko‘nikmalarini baholash maqsadida 30 ta savoldan iborat test sinovlarini topshirdilar.

Test sinovlarida belgilangan minimal ballni to‘plagan nomzodlar attestatsiyaning ikkinchi bosqichi — suhbat jarayonida ishtirok etmoqda. Suhbat davomida ularning yo‘l xo‘jaligi sohasidagi amaliy tajribasi, boshqaruv salohiyati, kasbiy tayyorgarligi, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha bilimlari hamda egallab turgan lavozimiga loyiqligi komissiya tomonidan baholanmoqda.

Mazkur attestatsiya yo‘l xo‘jaligi tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish, rahbar kadrlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda yo‘l bo‘limlari faoliyati sifatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Skip to content