

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Xo‘jayli tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining «Xalq murojaati» portali orqali kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida murojaatchilar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi hamda tegishli tushuntirish xatlari rasmiylashtirildi.
Murojaatlarning asosiy qismi avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish, piyodalar yo‘laklarini chizish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni qamrab oldi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, amaldagi me’yoriy talablar asosida ijobiy hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.