
Xo‘jayli tumanidagi «Sobiq» MFY hududida joylashgan Ixlos va Buxoro ko‘chalarining 2 kilometr 600 metr qismida asfaltlash ishlari olib borildi.
Mazkur loyiha «Tashabbusli budjet» dasturining 2026-yil 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan bo‘lib, aholi tomonidan ilgari surilgan tashabbus amaliyotga tatbiq etildi.
Asfaltlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida amalga oshirildi.
Loyihaning amalga oshirilishi mahalla ichki yo‘llarining holatini yaxshilash, transport harakati va piyodalar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish bilan birga, aholining uzoq yillik murojaatlaridan birining ijobiy hal etilishiga xizmat qildi.