background

⚡️Qo‘ng‘irot tumanida infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda

Admin 10-Iyun-2026

⚡️Qo‘ng‘irot tumanida infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda

Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ–132-son qarori ijrosi doirasida Qo‘ng‘irot tumanida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman markaziga kirish qismidagi O‘zbekiston ko‘chasining ya’ni 95V117 “Qo‘ng‘irot shahri – Ravshan Saksovulsany DFX” avtomobil yo‘lining 4,1 kilometr qismi zamonaviy talablar asosida qayta qurilmoqda.

Loyiha doirasida hududda sayilgoh barpo etilib, yo‘l infratuzilmasi yangilanmoqda. Hozirgi kunda obyektning asfalt qoplamasini yotqizish hamda tungi yoritish tizimini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar transport qatnovi xavfsizligi va qulayligini oshirish bilan birga, tuman markazining zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Skip to content