background

⚡️Qanliko‘l tumanida muhim avtomobil yo‘li ta’mirlanmoqda

Admin 09-Iyun-2026

⚡️Qanliko‘l tumanida muhim avtomobil yo‘li ta’mirlanmoqda

Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli “2026-yilda hududlarni rivojlantirish orqali aholining daromadini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning infratuzilmasi nisbatan og‘ir va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Mazkur dastur doirasida Qanliko‘l tumanining “Sari oltin” OFY hududidan o‘tuvchi 95V054 “Qosjap OFY markaziga” olib boruvchi avtomobil yo‘lining 0–6,2 kilometr qismida ta’mirlash ishlari boshlandi.

Ayni paytda yo‘lning eskirgan asfalt qoplamasi maxsus freza texnikasi yordamida kesib olinib, yangi asfalt-beton qoplamasini yotqizish ishlari uchun zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha yo‘lning transport-ekspluatatsion holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda hudud aholisiga yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Skip to content