Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-132-sonli qaroriga asosan, Qo‘ng‘irot tumanini 2025–2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qo‘ng‘irot tumani hududidagi «Jingishke» kanali ustidan o‘tuvchi 95V074 “D231 avtomobil yo‘li (9-km) – Qo‘ng‘irot MFY” avtomobil yo‘lining 11,3-kilometr qismida joylashgan ko‘prikni qayta qurish ishlari olib borilmoqda. Hozirda ko‘prikning tayanch qismlarini barpo etish maqsadida temir-beton tayanch qoziqlarini qoqish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida ko‘prikning texnik holatini yaxshilash, mustahkamligi va yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish, shuningdek, transport harakati xavfsizligi hamda qulayligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Rekonstruksiya ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.