background

🌙 Qurbon hayiti — mehr-oqibat va hamjihatlik ayyomi

Admin 26-May-2026

🌙 Qurbon hayiti — mehr-oqibat va hamjihatlik ayyomi

Qurbon hayiti munosabati bilan milliy qadriyatlarimiz, mehr-oqibat va hamjihatlikni ulug‘lovchi ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Bayram tadbiri avvalida qurbonlik ado etilib, ezgu niyatlar qilindi. Tadbirda soha faxriylari, mehnat jamoasi hamda yo‘lsozlar ishtirok etdi. Yig‘ilganlar uchun bayram dasturxoni yozilib, osh tortildi. Samimiy suhbatlar va dilkash davra tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

 

Shuningdek, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravonligi hamda sohada mehnat qilayotgan barcha xodimlarning oilalariga tinchlik-xotirjamlik tilab Qur’on tilovat qilindi. Nuroniylar tomonidan duolar o‘qilib, hayotdan o‘tgan yaqinlar va ustozlarning haqlariga tilovatlar bag‘ishlandi.

Mazkur tadbir jamoa o‘rtasida mehr-oqibat, birdamlik va o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlash, milliy hamda diniy qadriyatlarimizni ulug‘lashga xizmat qildi.

Skip to content