background

⚡️Hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda

Admin 22-May-2026

⚡️Hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi va mas’ul xodimlari tomonidan Ellikqal’a tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida «Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish» mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida davlat xizmatchilari o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiya holatlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash va halol mehnat tamoyillarini keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati muhimligi, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish davlat xizmati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Skip to content