Bu yo‘l — nafaqat yo‘nalish, balki minglab insonlarning kundalik hayoti, orzu-intilishlari va harakatlarini bog‘lab turuvchi muhim tamirdir. Ayniqsa, mazkur hududda tuman aholisining qariyb 30 foizi istiqomat qilishi ushbu yo‘lning ahamiyatini yanada oshiradi.

Uzoq yillar davomida aholiga qiyinchilik tug‘dirib kelgan ushbu yo‘lning ta’mirlanishi — bu xalq dardiga quloq tutilganining, inson manfaati ustuvor ekanining amaliy ifodasidir. Bugun boshlangan ishlar ertangi qulaylik, xavfsizlik va taraqqiyot poydevoridir.
Aholining yuzidagi quvonch, ko‘zlaridagi umid — olib borilayotgan islohotlarning eng katta natijasidir. Zero, obod yo‘l — farovon hayot sari ochilgan yo‘ldir.