background

⚡️“Nukus – Chimboy – Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda

Admin 07-May-2026

⚡️“Nukus – Chimboy – Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda

Bugungi kunda Respublikamizda yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi va transport qatnovi uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish maqsadida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq, Nukus shahri hududidan o‘tuvchi D234 “Nukus – Chimboy – Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining 9,3–14,3-km qismida rekonstruksiya ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur avtomobil yo‘li avval 12 metr kenglikda bo‘lgan bo‘lsa, rekonstruksiya ishlari yakunida yo‘lning umumiy kengligi 24 metrga yetkaziladi. Bu esa transport oqimini sezilarli darajada yaxshilash, tirbandliklarning oldini olish hamda haydovchi va yo‘lovchilar uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatini yaratadi.

Loyiha doirasida avtomobil yo‘lining qatnov qismi zamonaviy talablar asosida kengaytirilib, yo‘l qoplamasi yangilanmoqda. Shuningdek, piyodalar yo‘laklari, yo‘l yoritish tizimlari, drenaj tarmoqlari hamda transport harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan boshqa infratuzilma obyektlari ham barpo etilmoqda.

Mazkur rekonstruksiya ishlari hudud transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga yanada qulay sharoit yaratish hamda xalqaro va mahalliy qatnov samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Skip to content