background

⚡️SPORT – SOG‘LOM HAYOT GAROVI

Admin 06-May-2026

⚡️SPORT – SOG‘LOM HAYOT GAROVI

 

Muhtaram Prezidentimiz raisligida joriy yil 7-aprel kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish, aholi va mehnat jamoalarida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhim vazifalar belgilangan edi.

Xususan, yig‘ilishda har bir vazir, tarmoq va bank rahbari, shuningdek, viloyat hamda tuman hokimliklari mas’ul xodimlari sport bilan muntazam shug‘ullanishda shaxsiy namuna ko‘rsatishi, buning uchun zarur sharoitlarni kengaytirishi shartligi alohida ta’kidlandi. Mazkur tashabbus doirasida haftaning bir kuni “sport kuni” etib belgilanib, ushbu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda ommaviy sport mashg‘ulotlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi xodimlari o‘rtasida futbol o‘yini tashkil etildi. Unda xodimlar faol ishtirok etib, jamoaviylik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini namoyon etdilar.

Bunday sport tadbirlari nafaqat xodimlarning jismoniy faolligini oshiradi, balki ularning ish unumdorligi va ruhiy tetikligini ham mustahkamlashga xizmat qiladi.

Skip to content