background

⚡️Amudaryo ustidan yangi ko‘prik qurilishi muhokama qilindi

Admin 01-May-2026

⚡️Amudaryo ustidan yangi ko‘prik qurilishi muhokama qilindi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i U. Matnazarov va Buyuk Britaniyalik investor — “Valli Trading” kompaniyasi direktori Ali Saleh bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida Amudaryo tumanidagi Jumurtov ovuli hamda Qoratov posyolkasini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prik qurilishi masalasi muhokama qilindi. Tomonlar mazkur loyiha hudud infratuzilmasini yaxshilash, transport qatnovini yengillashtirish va iqtisodiy faollikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, rejalashtirilayotgan ko‘prik og‘ir yuk transportlari harakatiga mos ravishda yuqori yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lishi zarurligi qayd etildi. Uchrashuvda loyiha doirasidagi imkoniyatlar, hamkorlik istiqbollari hamda uni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashabbus hududda logistika tizimini rivojlantirish va sanoat salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Skip to content