background

⚡️ Nukusda yo‘l rekonstruksiyasi ishlari o‘rganildi

Admin 01-May-2026

⚡️ Nukusda yo‘l rekonstruksiyasi ishlari o‘rganildi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Amriddin Abdurahmonov tomonidan D234 “Nukus – Chimboy – Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining 9,3–14,3-kilometr qismi, ya’ni Nukus shahri hududidan o‘tuvchi uchastkada olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishildi.

Mazkur obyekt hudud transport infratuzilmasini yaxshilash, yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish hamda harakat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish jarayonida bajarilayotgan qurilish ishlari sifati, texnologik jarayonlarga rioya etilishi, yo‘l qoplamasining mustahkamligi hamda belgilangan muddatlarga amal qilinishi yuzasidan alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mutasaddilarga ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, zamonaviy standartlar asosida amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qayd etilishicha, rekonstruksiya ishlari yakunlangach, mazkur yo‘l uchastkasida harakat qatnovi yanada qulaylashib, haydovchilar va yo‘lovchilar uchun xavfsiz sharoitlar yaratiladi.

Skip to content