background

🛣“Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lida yo‘lni ikkiga ajratuvchi to‘siqlar o‘rnatilmoqda

Admin 27-Aprel-2026

🛣“Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lida yo‘lni ikkiga ajratuvchi to‘siqlar o‘rnatilmoqda

Respublikamiz hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Nukus shahri hududidan o‘tuvchi D234 “Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining 14-kilometr qismida yo‘lni qarama-qarshi yo‘nalishlarga ajratuvchi RP-40 turdagi beton to‘siqlar o‘rnatilmoqda.

Mazkur ishlar Kegayli tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ushbu to‘siqlar qarama-qarshi harakatlanayotgan transport vositalarining to‘qnashuvini oldini olish, boshqaruvni yo‘qotgan avtomobillarning boshqa qatnov qismiga chiqib ketishini cheklash hamda og‘ir yo‘l-transport hodisalari oqibatlarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Haydovchilardan ishlar olib borilayotgan hududda yo‘l belgilariga amal qilish va ehtiyotkorlik bilan harakatlanish so‘raladi.

Skip to content