
Bo‘zatov tumanini Chimboy tumani bilan bog‘lovchi hamda «Erkindaryo» OFY «Makka ovuli» va «Ko‘kshiyel» aholi punkti hududlarini tuman markazi bilan bog‘lovchi yo‘llarda qurilish ishlari boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi «2026 yilda hududlarni rivojlantirish orqali aholining daromadini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-49-sonli qarori va shu asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2026 yil 6 martdagi «Og‘ir tumanlar va mahallalarni kompleks rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 617-sonli qarori bilan Bo‘zatov tumanini rivojlantirish dasturlari uchun mablag‘ ajratilgan edi.
Ushbu mablag‘lar hisobidan Bo‘zatov tumanini Chimboy tumani bilan bog‘lovchi hamda «Erkindaryo» OFY «Makka ovuli» va «Ko‘kchiyel» aholi punkti hududlarini tuman markazi bilan bog‘lovchi 95V038 avtomobil yo‘lining (16,7 km dan 35 km gacha oralig‘i) jami 18,3 km qismini ta’mirlash va tungi yoritish uskunalari o‘rnatish ishlarini amalga oshirish belgilandi.
Bugungi kunda 95V038 avtomobil yo‘lida qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.