background

⚡️Xo‘jayli tumanida yo‘l o‘tkazgich qurilish ishlari davom etmoqda

Admin 17-Aprel-2026

⚡️Xo‘jayli tumanida yo‘l o‘tkazgich qurilish ishlari davom etmoqda

Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq, A380 “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” avtomobil yo‘lining Xo‘jayli tumani hududidan o‘tgan 787,5-kilometr qismida yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya qilinmoqda.

Yo’l o’tkazgichning uzunligi 60 metr, kengligi 24,6 metrni tashkil etadi. Loyiha zamonaviy muhandislik talablari asosida amalga oshirilb, joriy yilning noyabr oyida foydalanishga topshirilishi belgilangan.

Bu yo‘l o‘tkazgich avtomobil yo‘li va temir yo‘l kesishmasida joylashgani bilan alohida ahamiyatga ega. Rekonstruksiya ishlari natijasida yo‘l o‘tkazgich zamonaviy talablarga moslashadi, transport oqimining uzluksizligi ta’minlanib hamda temir yo‘l chorrahalarida yuzaga keladigan kutishlar va xavfli vaziyatlarning oldi olinadi. Shu bilan birga, harakat xavfsizligi ortib, yuk va yo‘lovchi tashish samaradorligi oshadi.

Skip to content