background

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori qurilish ishlari bilan tanishdi

Admin 16-Aprel-2026

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori qurilish ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori I. Narimov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida avtomobil yo‘llari qurilishi doirasida amalga oshirilayotgan davlat dasturlari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida A380 “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” avtomobil yo‘lining 787.5-kilometr qismida barpo etilayotgan yo‘l o‘tkazgich qurilishi ko‘zdan kechirilib, loyiha-smeta hujjatlari bilan tanishildi. Qurilish ishlarini yuqori sifat darajasida olib borish hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mazkur yo‘lning 673–698-kilometr (25 km) qismida Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish ishlari ham o‘rganildi. Jarayonda ishlarning belgilangan me’yor va sifat talablari asosida olib borilayotgani alohida e’tibor bilan baholanib, qurilish ishlarini tasdiqlangan jadval asosida tashkil etish yuzasidan pudratchi tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Skip to content