background

SPORT – SOG‘LOM HAYOT GAROVI

Admin 11-Aprel-2026

SPORT – SOG‘LOM HAYOT GAROVI

Muhtaram Prezidentimiz raisligida joriy yil 7-aprel kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish, aholi va mehnat jamoalarida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhim vazifalar belgilangan edi.

Xususan, yig‘ilishda har bir vazir, tarmoq va bank rahbari, shuningdek, viloyat hamda tuman hokimliklari mas’ul xodimlari sport bilan muntazam shug‘ullanishda shaxsiy namuna ko‘rsatishi, buning uchun zarur sharoitlarni kengaytirishi shartligi alohida ta’kidlangan edi. Mazkur tashabbus doirasida haftaning bir kuni “sport kuni” etib belgilanib, ushbu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda ommaviy sport mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilangan edi.

 

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi xodimlari ham bugun erta tongdan sport mashg‘ulotlarini boshlab yubordi. Boshqarmada sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha maxsus xona tashkil qilinib, zarur sport anjomlari bilan ta’minlanmoqda. Bu esa jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlash, ish unumdorligini oshirish hamda xodimlarning jismoniy faolligini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Skip to content