background

⚡️»Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir» avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Admin 06-Aprel-2026

⚡️»Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir» avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Taxtako‘pir TYFDM tomonidan hududdagi avtomobil yo‘llarini soz holatda saqlash va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, D234 (4R176) Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir avtomobil yo‘lining 105–107-kilometr oralig‘ida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mazkur uchastkada yo‘l qoplamasida yuzaga kelgan yoriqlar va cho‘kish holatlari maxsus texnika — freza yordamida kesib olinib, zararlangan qatlam to‘liq tozalanmoqda.

Shundan so‘ng, yo‘lning mustahkamligini tiklash maqsadida yangi asfalt-beton qoplamasi yotqizilmoqda. Ushbu ishlar yo‘lning xizmat muddatini uzaytirish, transport vositalari harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Skip to content