
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va haydovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar jadal davom ettirilmoqda. Xususan, D235 (4R177) “Qonliko‘l” t.y. bekati – Shumanay shahri – “Qoraboyli” t.y. bekati avtomobil yo‘lining holatini yaxshilash va transport qatnovi xavfsizligini ta’minlash maqsadida navbatdagi ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.
Hozirgi vaqtda mazkur avtomobil yo‘lining 34-35 hamda 35-37-kilometrlar oralig‘idagi qismlarida Shumanay tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Jarayonda qoplamada paydo bo‘lgan nuqsonlar maxsus yo‘l frezasi yordamida kesib olinib, yangidan asfalt qoplamasini yotqizilmoqda.
Bunday amaliy sa’y-harakatlar nafaqat yo‘llarning xizmat qilish muddatini uzaytiradi, balki hududiy iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va aholining uzog‘ini yaqin qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.