background

⚡️Taxiatosh tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Admin 27-Mart-2026

⚡️Taxiatosh tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Taxiatosh tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega D154 “A380 G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu avtomobil yo‘lidan (775 km) – Taxiatosh shahri” yo‘nalishining 0—1,3-km qismida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari Taxiatosh tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan olib borilmoqda. Jarayonga 10 dan ortiq maxsus texnika hamda 15 nafardan ziyod ishchi jalb etilgan bo‘lib, ishlar belgilangan reja asosida jadallik bilan bajarilmoqda.

Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda yo‘l infratuzilmasini tubdan yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz transport sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda zamonaviy yo‘l tarmoqlarini barpo etish borasida ilgari surilayotgan tashabbuslar bu kabi loyihalarda o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda.

Hududlarda amalga oshirilayotgan bunday ishlar nafaqat transport qatnovini yengillashtiradi, balki aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faollikni kuchaytirishga ham xizmat qiladi.

Skip to content