Mamlakatimizda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramini keng nishonlash hamda joriy yilning 15-fevralidan 15-martiga qadar “Ayollarni e’zozlash oyligi» ni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni ijrosi taʼminlanmoqda.

Shu munosabat bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tizimidagi xotin-qizlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha Beruniy tumanida musobaqa tashkil etildi.
Bellashuvda Beruniy, Ellikqal’a va To’rtko’l tumani Yo’llardan foydalanish davlat muassasasi xodimalari o‘zaro kuch sinashdilar.

Murosasiz kechgan aql-idrok bahslari yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin Sapayeva Gavxar To‘rtko’l TYFDM
🥈 2-o‘rin Radjapova Nazokat Beruniy TYFDM
🥉3-o‘rin Bektibayeva Jibek Ellikqala TYFDM mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Sport – salomatlik garovi! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!