
Mamlakatimizda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramini keng nishonlash hamda joriy yilning 15-fevralidan 15-martiga qadar “Ayollarni e’zozlash oyligi» ni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni ijrosi taʼminlanmoqda.
Shu munosabat bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tizimidagi xotin-qizlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Bellashuvda Bosh boshqarma markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston YMFDM, Amudaryo TYFDM, Qipchoq YMFDM, Qoratov YMFDM hamda Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi xodimalari o‘zaro kuch sinashdilar.
Murosasiz kechgan aql-idrok bahslari yakuniga ko‘ra:
🥇 Shaxmat bo‘yicha: S. Seytjanova (Qipchoq YMFDM);
🥇 Shashka bo‘yicha: S. Palvonova (Qoratov YMFDM) mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Ta’kidlash joizki, bu kabi sport musobaqalari va madaniy tadbirlar tizimdagi boshqa tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasalarida ham ko‘tarinki ruhda davom ettiriladi.
Sport – salomatlik garovi! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!