background

⚡️Orolbo‘yi transport prokurori boshchiligida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi

Admin 19-Fevral-2026

⚡️Orolbo‘yi transport prokurori boshchiligida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orolbo‘yi transport prokurori D. Madenov hamda Bosh boshqarma boshlig‘i U. Matnzarov Beruniy, Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumanlari Yo‘llardan foydalanish davlat muassasalarida bo‘lib, joylarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

Tashrif davomida soha faoliyatiga oid masalalar yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi, mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, korxonalardagi maxsus texnikalarning texnik holati, ularning shayligi va mavsumga tayyorgarlik darajasi ham ko‘zdan kechirildi.

Ishchi-xodimlar bilan sayyor qabul tashkil etilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Skip to content