Qoraqalpog’iston Respublikasi Avtomobil yo’llari Bosh boshqarmasida D. Madenov — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orolbo‘yi transport prokurori ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Bosh boshqarma boshlig‘i U. Matnazarov hamda tizim xodimlari qatnashdi. Tadbir davomida sohada korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Bosh boshqarmaning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Uzaqbergenov hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Mintaqaviy yo’llarga buyirtmachi xizmati davlat muassasasi yuristi U. Raxmanova so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik talablari, xodimlarning mas’uliyati va profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushunchalar berdi.
Uchrashuv yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tizimli ishlarni davom ettirish hamda qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.