background

⚡️ Tuman yo‘l tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

Admin 14-Fevral-2026

⚡️ Tuman yo‘l tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda 2025-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qoʻngʻirot tumanidagi Yo‘llardan foydalanish davlat muassasalarida targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Uzaqbergenov hamda soha xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvlar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, davlat tashkilotlari zimmasidagi mas’uliyat, shuningdek, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va amaliy ahamiyati atroflicha tushuntirildi.

Skip to content