
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatga (https://t.me/Kar24Uz/50717) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.
Murojaatda Qo‘ng‘irot tumani hududidagi D231B “Qo‘ng‘irot shahriga kirish” avtomobil yo‘lining 2,1-km qismida joylashgan ko‘prik hamda 95V117 (4H79) “Qo‘ng‘irot shahri – Ravshan Saksovulsany DFX” avtomobil yo‘lining 3,6-kilometr qismi holati yuzasidan tanqidiy material e’lon qilingan.
Murojaatda ko‘rsatilgan ko‘prik 10-fevraldan boshlab ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan yopilgan bo‘lib, ayni paytda qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan Bosh boshqarmaning rasmiy Telegram sahifasida ham e’lon berilgan. (https://t.me/qaraqalpaq_avtojol/15843?single)
Murojaatda keltirilgan avtomobil yo‘li 95V117 (4H79) “Qo‘ng‘irot shahri – Ravshan Saksovulsany DFX” avtomobil yo‘lining 3.6-kilometr qismi hisoblanadi. Mazkur avtomobil yo‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli Qaroriga muvofiq, 0–4,1 kilometr oralig‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
2025-yil davomida yo‘lning 0–3-km qismida piyodalar yo‘lagi, tungi yoritish tizimlari hamda beton ariqlar qurish ishlari bajarildi. Shuningdek, avtomobil yo‘li 7 metrdan 15 metrga kengaytirildi.
Murojaatda ko‘rsatilgan 3,6-km qismida ta’mirlash ishlari ham yuqoridagi tartibda joriy yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.