background

⚡️Qanliko‘lda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ichki ko‘chalarga asfalt yotqizildi

Admin 04-Fevral-2026

⚡️Qanliko‘lda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ichki ko‘chalarga asfalt yotqizildi

Qanliko‘l tumani “Arzimbetqum” OFY hududidagi bir qator ichki ko‘chalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Jumladan, O‘quvchilar ko‘chasining 541 metr, Ilimpazlar ko‘chasining 500 metr hamda Nurli ko‘chasining 751 metr qismida qora qoplamali asfalt yotqizildi. Umumiy hisobda 1 kilometr 792 metr yo‘l qismi yangidan ta’mirlandi.

Mazkur qurilish ishlari Qanliko‘l tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirildi. Jarayonga 5 ta maxsus texnika va 12 nafar ishchi jalb qilindi.

Ta’kidlash joizki, ushbu loyiha “Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan bo‘lib, bugungi kunda belgilangan ishlar to‘liq yakuniga yetkazildi.

Skip to content