
Aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish, shuningdek, mahalliy yo‘llarning holatini yaxshilash maqsadida Amudaryo tumanida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Amudaryo tumani Uychin MFY hududidan o‘tuvchi 95V100 “D238 a/y (10 km.dan) – «Chayko‘l» OFY – «Uyshin» MFY” avtomobil yo‘lining 7–9-kilometr qismlarida asfalt qoplamalarini yotqizish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlar natijasida yo‘lning o‘tkazuvchanligi oshib, transport harakati uchun qulay sharoit yaratildi.
Mazkur loyiha «Tashabbusli budjet» dasturining 2025-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan bo‘lib, aholi tashabbusi asosida hayotga tatbiq etildi.