background

⚡️Mavsumiy ishlarga mo‘ljallangan texnikalarning tayyorligi tekshirildi

Admin 06-Yanvar-2026

⚡️Mavsumiy ishlarga mo‘ljallangan texnikalarning tayyorligi tekshirildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX rahbari, polkovnik Sh. Ibragimov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yo‘l xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan tayyorlangan qum va tuz zaxiralari, maxsus texnikalarning soz holati hamda ularning mavsumiy ishlarga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. 

 

Shuningdek, polkovnik Sh. Ibragimov D154 “A380 avtomobil yo‘lidan (775-km) — Taxiatosh shahri” avtomobil yo‘lining 1,3–4,8 kilometr (3,5 km) qismida yo‘l bo‘yida velosiped va skuterlar harakati uchun alohida yo‘lakcha tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Mazkur loyiha yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, ayniqsa, ikki g‘ildirakli transport vositalari haydovchilari uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishga xizmat qilishini takidladi.

Skip to content