background

⚡️Erta tongdan yoʻlchilar xizmatta

Admin 26-Dekabr-2025

⚡️Erta tongdan yoʻlchilar xizmatta

Respublikamiz hududida kechasi bilan yog‘gan qor sababli avtomobil yo‘llarida yaxmalaklar paydo boʻlishiga va avtotransportlarning qatnoviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Haydovchilarga qulayliklar yaratish, turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tizimidagi barcha tuman yo‘l xo‘jalik muassasalari ishchi-xodimlari tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida qordan tozalash ishlari olib borilmoqda. Hozirda bu ishlarga barcha maxsus texnikalar jalb qilinib, avtomobil yo‘llariga qum-duz aralashmasi sepilmoqda.

Skip to content